19.09.2013


ALISHER NAVOIY JAHON ShOIRI



Buyuk bobomizning she’rlari dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan. Uning ijod namunalari yaqinda polyak tilida ham nashr etildi.
Prezidentimizning «Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch» asarida inson qalbining quvonchu qayg‘usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topilishi alohida ta’kidlanadi.


Bu tarixiy haqiqat ekanini hayotning o‘zi qayta-qayta isbotlamoqda. Mamlakatimiz mustaqilligining 22 yillik bayrami arafasida Polshada Alisher Navoiyning she’rlar to‘plami polyak tilida chop etildi. Mazkur kitobning birinchi nusxasi tarjimon Ya. Kjijovskiy ­iltimosiga ko‘ra, Alisher ­Navoiy nomidagi O‘zbekis­ton Milliy kutubxonasiga yuborildi.

Alisher Navoiy hazratlari ijodi namunalari jamlangan ushbu kitob Polsha davlat kutubxonasining katalogiga ham kiritildi. Taniqli tarjimon Ya.Kjijovskiy Polsha tib­biyot akademiyasi va Varshava universitetining falsafa fakultetini bitirgan. Berlindagi Gumboldt universitetida doktorlik ilmiy darajasini olgan. Ayni paytda u Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarini polyak tiliga o‘girish ustida ish olib bormoqda.

Temur A’ZAM






 

O autorze Dyplomy Wydarzenia Artykuły Kontakt
Aforyzmy Moje Youtube Tajwan Recenzje
Poezja Książki Bajki Książki medyczne

 


Strona główna

Licznik: